Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Tezroq-balandroq, kuchliroq-birgalikda" shiori ostida “Boshqarma boshligʻi kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.




Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2020-yil 30-oktyabrdagi 6099-son Farmoni hamda Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilishi belgilangan Dasturi”ning ijrosini taʼminlash, adliya boshqarmasi tizimida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida jamoaviy va doʻstona muhitni shakllantirish hamda 9-11-iyun kunlari “Olmos” konvension markazida oʻtkaziladigan “Adliya spartakiadasi”da qatnashadigan xodimlarni tanlab olish maqsadida joriy yilning 06-may  kuni Andijon davlat universiteti binosida “Tezroq-balandroq,kuchliroq-birgalikda"  shiori ostida “Boshqarma boshligʻi kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Mazkur musobaqada boshqarma Markaziy apparati hamda tuman (shahar) adliya organlari xodimlari –sportning fudbol,shashka, - shaxmat, - stol tennisi, - yengil atletika,kamondan oq uzish, arqon tortish,- badminton va darts kabi sport turlarida oʻzaro bellashdilar.Tadbir yakunida goliblar va faol ishtrokchilar Andijon viloyati adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg`lari bilan taqdirlandilar.