Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya faxriylari e’zoz va e’tiborda!




 Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya tizimida (adliya boshqarmasi, notarial idoralar, FHDY bo‘limlari) faoliyat olib borgan fahriylar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Dastlab 25 yil davomida Marhamat tuman FHDY bo‘limi mudirasi lavozimida ishlagan M.Madumarovani 70 yoshi bilan qutlashdi.

So‘ng faxriylar Xonobod shahriga yo‘l olishdi, yo‘l-yo‘lakay yangi qurib bitkazilgan Jalaquduq tuman adliya bo‘limi binosiga kirishib, adliya bo‘limi, yuridik xizmat, DXM va FHDY bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar, yoshlarga o‘z o‘gitlarini berib, duo qildilar.

Andijon viloyatning so’lim maskani bo’lmish Xonobod shahrida maroqli dam oldilar. Ish faoliyatlari davomida guvohi bo'lgan qiziqarli voqealar, boshlaridan o'tkazgan hayotiy hikoyalar bilan o'rtoqlashdilar.