Янгиликлар
Ulug'norda Oliy Majlis Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman Andijon viloyati bo'yicha hududiy vakili bilan Sayyor qabullar o‘tkazildi...

Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi hamda Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Andijon viloyati bo‘yicha hududiy vakili G.Abduvaxidova bilan hamkorlikda tumandagi fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan 03.05.2023 yil kuni tumanning “Cho‘lobod”, “Nurobod” hamda “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 18 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning 15 tasi o‘sha joyning o‘zida huquqiy tushunchalar berilgan bo‘lsa, 3 nafarining murojaatlari joyida ijobiy xal qilindi.


O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida, fuqarolarga kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa mablag‘larining tartibi, mazkur nafaqa mablag‘larini tayinlanishida inson omili aralashmasligi va boshqalar xususida tushunchalar berildi.