Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi.



Andijon viloyat adliya boshqarmasi hamda maktabgacha va maktab ta‘lim boshqarmasi rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng aholi qatlamiga tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminar dasturi tasdiqlangan.

Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur o‘quv seminar dasturini samarali tashkil qilish maqsadida, tumandagi maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi majlislar zaliga umumta‘lim maktablarining huquqshunos o‘qituvchilari taklif qilinib, Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.