Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi


Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan bo'lib, mazkur seminarda, ushbu qarorning mazmun mohiyati, shuningdek, sog'liqni saqlash tizimidagi muassasalar tomonidan tug'ilishni qayd etishda e'tibor berilish zarur bo'lgan jihatlar to'g'risida batafsil tushunchalar berildi.



Adliya boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan seminar ishtirokchilariga tibbiyot muassasalarida tug'ilishni qayd etishda tug'ilgan bolaning familyasi, ismi, ota ismini to'g'ri va xatosiz kiritish, bundan tashqari FHDY bo'limlari tomonidan tibbiyot muassasalarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarini to'liq ko'zdan kechirish, tasdiqlash uchun mas'ul tashkilotlarga yuborish tartiblarini amaliy misollar orqali tushuntirildi.