Янгиликлар
30
Adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 30-may kuni advokatlar ishtirokida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar davomida advokatlarga elektron order rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi. Bundan tashqari, advokatlar tomonidan elektron order rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan muammoli holatlar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar olindi.
Shu bilan birgalikda advokatura sohasida hozirgi kunda amaliyotda ko'p uchrayotgan holatlar va ularning yechimlari yuzasidan tadbir ishtirokchilari o'zaro fikr almashib, fuqarolarga yanada sifatli yuridik yordam ko'rsatish lozimligi takidlandi.