Янгиликлар
31
Andijon viloyatida konferensiya tashkil etildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasida Aholiga subsidiyalar ajratish, mazkur yo‘nalishda ayollarga belgilangan imtiyozlar hada Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimiga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi.
Adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda viloyat darajasidagi barcha mas’ul tashkilotlar, tuman (shahar) ishchi organlari ishtiroki ta’minlanib, amaliyotdagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi, belgilangan tartiblar tushuntirilib, ishtirokchilar savollariga javoblar berildi.
Shundan so'ng, ishtirokchilardan sohani takomillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflari olindi.