Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“YANGILANGAN KONSTITUTSIYA” hamda “KORRUPSIYA TARAQQIYOTGA TAHDID” mavzusida huquqiy tadbirlar davom etmoqda




Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan “Hamkorbank” ATB bosh ofisida bankning barcha rahbar va xodimlari ishtirokida “YANGILANGAN KONSTITUTSIYA” hamda “KORRUPSIYA TARAQQIYOTGA TAHDID” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, adliya bo‘limi xodimlari so‘zga chiqqan holda Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishi, sohalararo islohotlar amalga oshirilganligi hamda mehnat munosabatlarida, xodimlarning huquqlarini himoyalash barobarida ish beruvchilarning huquq va erkinliklarini cheklanishi natijasida jamiyatdagi huquqiy ongning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’siri yuzasidan tushuntirish berildi.   


Andijon shahar adliya bo‘limi

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni shu jumladan, Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bevosita faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida ma’lumot berildi.



Bundan tashqari ishtirokchilarga Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi yuzasidan tushuntirildi.



Tadbir savol-javob va muzokara tarzida davom etib, ishtirokchilar o‘zlarining mehnat faoliyatida davomida duch kelgan muammolar va kamchiliklar yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob oldilar.