Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

ANDIJONDA OMMAVIY SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA


Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan — 30- iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi e’lon qilindi.



Mazkur huquqiy aksiyasi doirasida Andijon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi mutasaddi tashkilot mas’ullari, Oila va xotin qizlar bo‘limi, Pensiya jamg‘armasi va boshqa tashkilot ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda “Bog‘ishamol” MFY hududida joylashgan kasb-hunar maktabi binosida “Bog‘i Eram”, “Bog‘ishamol”, “Yangi hayot” va “Buyuk ipak yo‘li” MFY fuqarolari ishtirokika ommaviy sayyor qabullar tashkil qilindi.



Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi va o‘rganilishi talab etilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash va fuqarolarning buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.



Jumladan, qabulga kelgan 30 dan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 9 nafar fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javob berildi, 10 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituvga qabul qilindi. Shuningdek, aholiga 13 ga yaqin davlat xizmati ko‘rsatildi.  



Bundan tashqari, aksiya doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda MFY hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi va fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar va ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga borgan holda hal qilish bo‘yicha kelishib olindi.