Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabullar davom etmoqda



Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan — 30- iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi e’lon qilindi.


Mazkur huquqiy aksiyasi doirasida Xonobod shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi mutasaddi tashkilot mas’ullari, Prezident Xalq qabulxonasi ma’sul xodimlari bilan hamkorlikda “Xidirsha” MFY hududida fuqarolar ishtirokika ommaviy sayyor qabullar tashkil qilindi.


Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi va o‘rganilishi talab etilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash va fuqarolarning buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.


Xususan, Sayyor qabul davomida ishtirok etgan 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshtildi. Ushbu murojaatlarning bittasi Xalq qabulxonasining ish yurituviga olingan bo`lsa, 24 ta murojaatlarga huquqiy tushuncha va yo`nalishlar berildi.


Bundan tashqari, aksiya doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda MFY hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi va fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar va ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga borgan holda hal qilish bo‘yicha kelishib olindi.