Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini ijrosini ta’minlash haqidagi 259-son qaroriga asosan 106-um-son buyrug‘i asosida boshqarma boshlig‘ining joriy yilning 31-may kuni 123-um-sonli buyrug‘i qabul qilingan.



Ushbu buyruq ijrosini ta'minlash uchun Bo'ston tumani IIB xodimlari bilan xamkorlikda tumandagi jinoyatchilik oshishi natijasida qizil xudud toifasiga kirib qolgan maxallalarda fuqarolar o'rtasida huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.



2023-yil 20-iyun kuni Bo'ston tumani Adliya bo'limi va IIB xodimlari xamkorlikda tumanni Maorif maxallasida fuqarolar bilan jinoyatlarni oldini olishga xamda davlatimiz qonunchiliklaridagi so'ngi o'zgarishlar, fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan shuningdek O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ushbu tartib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar deb nomlangan bo‘limining, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bobining 154-1-moddasida belgilab qo‘yilganligi aytib o‘tilib, ushbu jinoyatning mazmun mohiyati fuqarolarga to‘liq tushuntirilib o‘tildi.



Targ'ibot davomida, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham to‘liq javob olishdi. Targ‘ibot tadbirlari qizg‘in savol javoblarga boy tarzda olib borildi.