Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi Bo`ston tumanida davom etmoqda.




O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 1-iyundagi 6/3-443/8-son topshiriq xatida fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, tegishli choralar ko‘rish hamda uqarolarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini ta’minlash yuzasidan samarali ishlarni amalga maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan — 30-iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi e’lon qilingan.



Aksiya doirasida Bo`ston tuman adliya bo`limi tomonidan joriy yilning 20-iyun kuni Pillakor MFYda sayyor qabul o`tkazilib, 6 nafar fuqaroga, uy-joy uchun subsidiya olish tartibi, aliment va nikohdan ajralish va shu kabi bir qator masalalar bo`yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta'minlandi.

Bundan tashqari, aksiya doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda MFY hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi va fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar va ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga borgan holda hal qilish bo‘yicha kelishib olindi.