Янгиликлар
Yangi Konstitutsiya-yangi huquqlar kafolati” mavzusida huquqiy tadbirlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF–67-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo`yicha tuman adliya bo`limi tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman adliya bo’limi va yuridik markaz xodimlari tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi xodimlariga Yangi tahrirdagi Konstitusiyada muhim hisoblangan bozor munosabatlarini rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni himoya qilishdagi normalar, shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga kiritilgan asosiy o’zgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga qaratilgan targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ’ibot tadbirida xodimlarga Konstitutsiya haqida ma’ruza qilindi hamda xodimlarning savollariga javoblar berildi