Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Asaka tumanidagi mahalla xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilarini huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.



O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son Qonuning mazmun-mohiyati bo‘ycha Andijon viloyatida “mahalla beshligi”ga o‘quv-seminar o‘tkazish bo‘yicha adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rejasi ijrosi yuzasidan Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan Asaka tumanidagi mahalla xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilarini huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. 
 Mazkur o‘tkazilgan o‘quv-seminarida seminar ishtrokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun va moxiyati va odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi tushuntirildi.