Янгиликлар
29
Sayyor qabul-muammolar yechimi

Andijon viloyat adliya Boshqarmasi boshlig`i tomonidan Baliqchi tuman Ilg'or MFYda qizil toifaga kiritilgan yoshlar muammolari tinglandi hamda shu kabi yoshlar va aholi vakillarining sayyor qabuli o`tkazildi.
Uchrashuv va sayyor qabul davomida ularning mavjud muammolari yuzasidan suhbat o`tkazildi, shuningdek ularning murojaatlari tinglandi.
Tadbir natijasiga ko`ra, 8 nafar fuqarolarning murojaatlari bo`yicha joyida huquqiy maslahatlar ko`rsatildi, 5 nafar fuqarolarning murojaatlari kelgusida o`rganib chiqish uchun adliya bo`limi ish yurituviga olindi.