Янгиликлар
29
Andijon tumanida "qizil hudud" toifasiga kirgan mahallada sayyor qabul.

Barchamizga ma’lumki fuqarolarning muammolari bilan ishlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko'ra, Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari M.Karimov tomonidan joriy yilning 29-sentabr kuni Andijon tumani chekka hududi hisoblangan "Chilon" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda ishtirokchilarga huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, jinoyatchilikni oldini olish va ularning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga davlat tomonidan qo'llaniladigan imtiyozlar, imtiyozli davolanish tartibi, nafaqa, bolalar puli, moddiy yordam, subsidiya ajratish kabi bir qator yo'nalishlar bo'yicha tushuntirishlar berildi.
???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi