Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan tuman (shahar)larda sayyor qabullar o'tkazildi.


Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Administratsiyasining topshirig’iga muvofiq, hududlarda Xalq qabulxonalari hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sud-huquq masalalari bo’yicha “Sayyor qabul” tashkil etildi.

 Andijon shahar Davlat xizmatlarini ko'rsatish markazi binosida joriy yilning 16 oktabrida bo'lib o'tgan yuzma-yuz muloqotni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi dardini tinglash, real muammolarga eʼtibor qaratish, sifatli huquqiy ko‘mak ko’rsatish va murojaatlarga yechim topishdan iborat.



Shuningdek, 17 oktabr kuni sayyor qabullar Bo'ston tumanida ham Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan “Sayyor qabullar” o’tkazildi.

Sayyor qabul davomida, jami 36 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Shundan, 27 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari yuzasidan joyida hal etilishi ta'minlanib qolganlari adliya bo‘limlarining ish yurituviga qabul qilindi. 

Murojaatlarning mazmunini asosan, kadastr pasportini shakllantirish, yer oldi-sotdisi, ishga joylashish tartibi, davlat subsidiyasi, moddiy yordamni tashkil etdi.