Andijon viloyat adliya boshqarmasi hamda shahar adliya boʻlimi xodimlari, DXM markazi, TIEK va boshqa vakolatli tashkilotlarning mutaxxassislari ishtirokida joriy yilning 26-oktabr kuni shahardagi "To'qqizariq" MFY hududida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targʻibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda qonunchilikda nogironlarga, ayollarga belgilangan imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur MFY hududidagi Bobur koʻchasi 10-uy (nogironlar uyi)da istiqomat qilib kelayotgan nogiron fuqarolar va ularning oila azolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi va qabul davomida 10 ga yaqin imkoniyati cheklangan fuqarolarning muammolari tinglanib, huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.

Jumladan, fuqaro D.Eltoʻydiyevaning elektr energiyasidan foydalanishdagi muammolari joyida hal etldi va fuqaro X.Qayumovaning kadastr hujjatini tayyorlash haqidagi murojaatiga huquqiy asoslantirilgan holda tushuntirishlar beridli. Qoʻshimcha oʻrganish talab qilinadigan murojaatlar boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, MFY masʼullari bilan hamkorlikda mahalla hududida uyma-uy yurib, nogironligi bor shaxslarning holidan xabar olinib, sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi va ularning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy yordamlar berildi.