Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda




Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon shahar va Buloqboshi tumani adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari ish faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, shahar davlat xizmatlari markazida joriy qilingan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlarini ko’rsatish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashib aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli muammolar o‘rganildi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.

Vazirlik masʼullarining tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan muloqotida sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.