Янгиликлар
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Andijon viloyatidaga xizmat safari yuzasidan tashrifi davom etmoqda
Bugun vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Asaka, Marhamat, Oltinko'l tuman adliya boʻlimlari hamda Asaka tuman Davlat arxivida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay va oson foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni, arxivlarda hujjatlarning saqlanishi holatini oʻrgandi.
Uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
Shuningdek, muloqotda quyi tuzilmalar faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar muloqotida sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.