Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Andijon viloyatidagi xizmat safari davomida Asaka tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.



Bugun vaziri o‘rinbosari X. Meliyev tomonidan Asaka tumanida joylashgan adliya organlari faoliyati bilan tanishish davomida, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida Asaka tuman Tibbiyot kolleji binosida sayyor qabul o‘tkazilib, aholining muammolari o‘rganildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, subsidiya, bandlik va mehnat munosabatlari, aliment, tug'ulganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish, kommunal soha, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq 30 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi. 

Qabul mobaynida 12 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.