Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.



O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralarning viloyat va tuman (shahar) tuzilmalaridan jami 300 ga yaqin rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralarning muammo va takliflari tinglandi hamda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.