Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Avval xabar berganimizdek, Adliya vaziri o‘rinbosari Andijonda quyi tizimlar faoliyati bilan yaqindan ta’nishmoqda.


Avval xabar berganimizdek, Adliya vaziri o‘rinbosari Andijonda quyi tizimlar faoliyati bilan yaqindan ta’nishmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X Meliyev Anijon viloyatidagi xizmat safari davomida Baliqchi, Bo‘ston, Shahrixon va Ulug‘nor tuman adliya boʻlimlari davlat xizmatlari va yuridik xizmat markazlari, FHDY bo‘limida bo‘lib, bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi hamda tashrif buyurgan fuqarolar va xodimlar bilan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangiliklar va amaliyotda mavjud muammolar masalasida muloqot qildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni, FHDY arxivida hujjatlarning saqlanishi holatini oʻrgandi.  

Uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.