Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya bo'limi tomonidan "Ozodlik" MFYda sayyor qabul hamda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi


Andijon shahar adliya bo'limi tomonidan "Ozodlik" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko'p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi. 

Mazkur qabul davomi ko'p qavatli uylarning kuz qish mavsumidagi mavjud muammolar o'rganildi hamda 20 dan ortiq fuqarolarning tabiiy gaz bosimi pastligidan norozi bo'lib qilgan murojaatlari adliya bo'limining aralashuvi bilan "Andijonshahargaz” bo‘limi ma'sul xodimlari tomonidan bartaraf etish choralari ko'rildi.

Shuningdek, "Ozodlik" MFYda uyma-uy yurgan holda “uyushmagan yoshlar” bilan suhbatlashilib, ularning muammolari o'rganildi hamda qonunchilikdagi yangilik va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida shu jumladan, yoshlar o‘rtasida har-xil yot g‘oyalarning keng avj olishi, internet, onlayn qimorlarining salbiy oqibatlari, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish haqida tavsiyalar berildi.