Янгиликлар
20
ANDIJONDA ADLIYA BOG‘I TASHKIL ETILDI
Andijon viloyat adliya organlar tizimida "Yashil makon"umummilliy loyihasi doirasida joylarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etib borilmoqda.
Navbatdagi tadbir Andijon tumanida bo'lib o'tdi. Hashar davomida 200 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.
Aksiya davomida adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo'limlari xodimlari faol ishtirok etib ko'kalamzorlashtirish ishlariga o'z hissalarini qo'shishdi.
Ayni kunlarda ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.