Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.


Andijon mashinasozlik institutida Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

Viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar kabi mavzular yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan viktorina tashkil etilib, savollarga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.