Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan “Matbuot anjumani” o‘tkazildi.



Joriy yilning 6-fevral kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, ichki ishlar organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari jalb etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasi tashkil etildi.