Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida bayram tadbirlari...



Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi tomonidan Ulug‘nor tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilariga “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida joriy yilning 7-dekabr kuni bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Bayram tadbirlari davomida joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning  mazmun-mohiyati, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bayram tadbirlari savol-javob tariqasida yakunlanib, unda  o‘quvchilarning  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida qay darajada huquqiy ma’lumotlarga ega ekanligi tekshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag'ishlangan tadbir ko'tarinki ruhda davom etdi.