Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.



Xizmat safari davomida sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili, aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Akbar Toshqulov Jalaquduq tumanidagi “Tuyalas” MFY binosida "mahalla beshligi" bilan uchrashib, ularning takliflarini va ish faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammo va masalalarni o‘rgandi.

Shundan so‘ng, adliya vaziri Jalaquduq tumanida yangi ish boshlagan “SAMO TEX” MChJ faoliyati bilan tanishib, korxonaning ishchi xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi.

Bundan tashqari, adliya vaziri tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi. Mazkur sayyor qabulda tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar Andijon viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

Shuningdek, klasterlar faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolar bo‘yicha takliflar o‘rganildi hamda ularning yechimi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.