Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

ASAKADA AHOLIGA AJRATILGAN KO‘MIR O‘ZLASHTIRILGANLIGI ANIQLANDI




Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan adliya boshqarmasining buyrug‘iga asosan iste’molchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan belgilangan sifat hamda miqdorlarda o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash hamda ko‘mir yetkazib berish mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

Mazkur o‘rganish davomida aholiga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha ma’sul xodimlar tomonidan Asaka tuman “Istiqlol” MFYda yashovchi aholi uchun joriy yilda jami 46 tonna miqdorida ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilganligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin o‘rganish davomida “Istiqlol” MFY da yashovchi aholi uchun umuman ko‘mir mahsulotlari berilmaganligi aniqlangan.

Biroq, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Asaka tuman filialining 2023 yil 5 sentabr kungi yuk xatida 9 900 miqdorida, 25 sentabr kuni 10 300 miqdorida va 27 sentabr kuni 7 980 miqdorida ko‘mir mahsulotlari Asaka tuman “Istiqlol” MFYga berilganligi ko‘rsatilgan. 

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Asaka tuman filiali mansabdor shaxslarining mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limiga yuborilgan va natijada joriy yilning 20 dekabr kuni Asaka tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ko‘mir ta’minot” MChJ Asaka tuman filiali mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.