Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

14-YANVAR "VATAN HIMOYACHILAR KUNI" MUNOSABATI BILAN ANDIJON SHAHARDAGI 528-SONLI HARBIY QISMDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI




Andijon shahar adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 9-yanvar kuni shahardagi 528-sonli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan targ'ibot tadbiri tashkil etilib, ushbu tadbirda harbiy prokuratura, mudofa boshqarmasining faxriylar kengashi hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.



Mazkur tadbirda ishtirokchilarga dastlab 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" tarixi va kelib chiqishi haqida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidendining 2018-yil 4-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3898-son qarori hamda Vazirlar Maxkamasining 812-son va 424-son qarorlari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.



Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi "O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 973-son qarori va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berildi.



Bundan tashqari, tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan harbiy sohaga oid o'zlarining qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.