Янгиликлар
07
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida!
Huquqiy aksiya doirasida muqaddam Inoyatxon xolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berilganligi ma’lum qilingan.
Bugun Izboskan tumani Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan fuqarolik pasporti Inoyatxon xolaga topshirildi.
Shu bilan birga, tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi orqali Inoyatxon xolaga keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlandi.
Endilikda,Inoyatxon xola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida qonunchilikda belgilangan barcha huquq va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.