Янгиликлар
08
Yoshlar uchun adliya bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirildi.
Adliya vazirining “Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun Marhamat tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan MFYlar yoshlari uchun adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.
Mazkur tadbir davomida adliya tizimiga biriktirilgan 20 dan ortiq yoshlarga davlat xizmatlari faoliyati tanishtirilib, atroflicha tushuntirishlar berildi.