Янгиликлар
09
Yoshlar bilan “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” mavzusida suhbatlar o‘tkazildi
Adliya vazirining “Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xonobod shahar Adliya bo‘limiga shaharning Anxor MFYda yashovchi 205 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, 42 nafarini professional ta'limda ta'lim oluvchilar, 74 nafari maktab o'quvchilarini tashkil qiladi.
Bugun, adliya bo'limi tomonidan Anxor MFY hududida joylashgan 1-sonli maktabning faollar zalida maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchi yoshlari hamda shahardagi professional ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga Vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, huquqiy savodxonlikni oshirish va islohotlarga daxldorlik tuyg‘ulari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.