Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.




Andijon viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov va viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi O.Bozarovlar ishtirokida texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Dastlab mehmonlar Andijon viloyati yuridik texnikumida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi.
Shuningdek, yuridik texnikumdagi dars jarayonlarida o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularga professional huqushunos bo‘lish uchun yetarli ilm olish va ularga bu borada sharoitlar yaratib berilishini qayd etib o‘tdi.
Shu bilan birga, yuridik texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida yuridik ta'lim va sud ekspertiza faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflari muhokama etilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.