Янгиликлар
18
“Kontrafaktsiz oy” dasturi ijrosi amalda...
Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-may kuni qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni taminlash, kontrafakt va iste'molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risiga”gi 188-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida tuman markazidagi dorixonalarga borilib, fuqarolar va tadbirkorlarga ushbu qarorning mazmun mohiyati tushuntirildi hamda kontrafakt mahsulotlarini boshqa fuqarolar ham sotib olmasligini ta’minlash maqsadida dorixonalar kirish qisimlariga asl va kontrafakt mahsulotlarning farqi ko‘rsatilgan ma’lumotlar yopishtirildi, shuningdek ushbu mahsulotlar ro‘yxati yakuniy emasligi, mahsulotlarni sotib olishda asl mahsulotlarni tanlash va sotib olish tavsiya qilindi.