Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

«Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi.




Andijon viloyati adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlari hamda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar oʻrtasida «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Andijon shahridagi tashkil etilgan “Zakovat” o‘yini adliya tizimi hodimlari hamda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning  mantiqiy bilim va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Bunda Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari hamda xususxiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslardan iborat 14 jamoa ikki davra o‘yinda o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat asosida o‘tgan tadbirda ishtiyoq, birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undagan bo‘lsa, tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki mutaxassislar tomonidan baholab borildi.
Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Fikrat jamoasi, 2-o‘rinni Hamkor tuman jamoasi qo‘lga kiritdi, 1-o‘rin Miks jamoasiga nasib etdi. 
Gʻolib jamoalarga Andijon viloyat adliya boshqarmasi hamda  O‘zbekiston notarial palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.