Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya vazirligi tomonidan yurtimiz yoshlari o‘rtasida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.



Keyingi manzil Andijon viloyatining olis hududi hisoblangan hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Osh viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Jalaquduq tumanida davom etmoqda.
Ayni damda targ‘ibot tadbiri tumanda joylashgan Andijon davlat unversiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti binosida ushbu fakultetning professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va hududda joylashgan mahalladagi uyushmagan yoshlar qatnashmoqda.   
Tadbir “Tengdoshdan tengdoshga” tamoyili asosida o‘tkazilib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, ularni bandligini ta’minlash, oliy ta’limga jalb qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida huquqiy bilimlarini oshirishga va amalda qo‘llashda ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratildi.