Янгиликлар
27
“Xalq bilan muloqat “ tamoyili asosida sayyor qabul tashkil etildi.
Xalq bilan muloqat qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan kezi kelganda qiynayotgan dardu-muammolariga quloq tutish bugun davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.
Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan Izboskan tumani Abdurahmon Jomiy MFY da sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh. Abduraxmonov tomonidan fuqarolarning murojaatlari va muammolari tinglandi.
Shu bilan birga 6 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va 1 ta ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq murojaat bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
Xalq bilan muloqat, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab yashnashiga fuqarolarning tinch, osuda farovon xayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.