Янгиликлар
“Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan yurtimiz yoshlari o‘rtasida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Huddu shunday targ‘ibot tadbiri bugun Qo‘rg‘ontepa tumani yoshlari bilan tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Toshkent Davlat Yuridik Universiteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli, faol talabalari qatnashdilar.
Universitet professor-o‘qituvchilari, ayniqsa talabari tomonidan yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risidagi hayotiy misollar bilan o‘tkazgan suhbatlari ishtirokchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir “Tengdoshdan tengdoshga” tamoyili asosida o‘tkazilib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, ularni bandligini ta’minlash, oliy ta’limga jalb qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida huquqiy bilimlarini oshirishga va amalda qo‘llashda ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratildi.