Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya boshqarmasi tomonidan mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining bilim va malakasi oshirildi.




Adliya boshqarmasi binosida 2024-yilning 1-aprel kuni Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmonining mazmun mohiyati tushuntirildi.

Xususan, seminarda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchi o‘rtasida yer ijarasi shartnomasini tuzish (ijara shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish) hamda yer uchastkasini zaxiraga qaytarish choralarini ko‘rish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatlarning amaliyotida to‘g‘ri qo‘llanilishi bo‘yicha yuzaga kelayotgan masalalar xususida fikr-mulohaza yuritildi. 

Bundan tashqari, seminar davomida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan javoblar berildi.