Янгиликлар
03
Yoshlar uchun adliyada “Ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi.
Adliya vazirining “Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 3-aprel kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar adliya bo'limida Andijon qishloq xo'jaligi agrotexnalogiyalar institutining "yuristprudensiya" yo'nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.
Mazkur tadbir davomida talaba yoshlarga Adliya bo'limi, DXM, FHDY, YXKMlarining ish faoliyati mas'ul xodimlar tomonidan to'liq tanishtirilib, atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javob oldilar.