Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari haqida mehnat jamoalarida huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.




Andijon shahar 39-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida joriy yilning 24-aprel kuni tashkilot xodimlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilariga Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib flaer va bukletlar tarqatildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga qaror bo'yicha tayyorlangan videorolik namoyish etilib, kelgusida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiya hamda maslahatlar berildi.