Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Andijon shahrida Oʻzbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.




Unda viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari, soha faxriylari, viloyat sudi hamda maʼmuriy sudi rahbariyati, yosh sudyalar hamda tizim xodimlari ishtirok etishdi.

Sir emaski, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga eʼtibor masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturida ham navqiron avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularning imkoniyat va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, jamiyatdagi faolligini oshirish kabi qator yoʻnalishlar borasida aniq vazifalar belgilab berilgan.

Albatta, har bir sohada boʻlgani kabi, sud tizimida ham ustoz-shogird anʼanalari beqiyos ahamiyatga ega. Ayniqsa, yosh sudyalar, navqiron mutaxassislarning kamolotida koʻp yillar sudyalik lavozimida faoliyat koʻrsatib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar bilan doimiy muloqotlar muhimdir. Chunki tizimda ishlayotgan har bir kadrdan chuqur bilim va dunyoqarash, doimiy izlanish, halollik, xolislik, toʻgʻrisoʻzlik, fidoyilik kabi fazilatlar talab qilinishi bilan birga, ular uchun ustoz-murabbiylarning pand-u oʻgitlari va hayotiy tajribalari katta ahamiyatga ega. Shu maʼnoda mazkur uchrashuv barcha ishtirokchilarga oʻziga xos maʼnaviy ozuqa berdi.

Tadbirda Andijon viloyati sudlarida kadrlar zaxirasini yaratish, yosh mutaxassislarni ustoz-shogird anʼanalari asosida tarbiyalash, ilk bor lavozimga tayinlangan sudyalarning malaka va koʻnikmalarini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar xususida ham soʻz yuritildi.