Янгиликлар
26
Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari haqida mehnat jamoalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Oltinkol tuman Davlat arxivi xodimlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib flaer va bukletlar tarqatildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga qaror bo'yicha tayyorlangan videorolik namoyish etilib, kelgusida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiya hamda maslahatlar berildi.