Янгиликлар
26
Asaka tuman adliya bo'limi tomonidan tashkil etilgan “Huquqshunoslik” fani bo‘yicha to‘garak mashg'ulotlari davom etmoqda.
Asaka tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan tumanning 31-sonli umumta’lim maktabida otaliqqa olingan yoshlarning ta’lim olishiga qo‘shimcha sharoit yaratish, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Huquqshunoslik” fani bo‘yicha to‘garak tashkil etilgan.
Mazkur tashkil etilgan “Huquqshunoslik” fani bo‘ycha to‘garakda maktab o‘quvchilariga O‘zbekistion Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik va mehnat huquqlari bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, qonunga itoatkorlik, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish borasida hamda firibgarlik, o‘g‘rilik, ta’magirlik jinoyatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma'ruza qilinmoqda.