Янгиликлар
22
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Xonobod shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 7 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga olindi.