Янгиликлар
22
Andijon viloyatida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida, “Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda.
![](/upload/images/content-img(449).png)
Targ‘ibot tadbirini o‘tkazish uchun TDYU o‘qituvchi va talabalari, Yuridik texnikumi o‘quvchilari jalb etilgan.
Targ‘ibot guruhi 21.05.2024-yilda Marhamat tumanidagi agrotexnologiyalar texnikumida bo‘ldilar.
Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamalakatimizda otaliqqa olingan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Mehr daftari" shu kabi 7 xil turdagi daftarlar bo‘yicha batafsil tushuntirish berdilar
Tadbir davomida yoshlar bilan qisqa savol-javoblar tashkil etildi, targ'ibot tadbiri "Zakovat" intellektual o'yini bilan yakunlanib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.