Янгиликлар
22
Andijon viloyatida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida, “Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda.
Targ‘ibot tadbirini o‘tkazish uchun TDYU o‘qituvchi va talabalari, Yuridik texnikumi o‘quvchilari jalb etilgan.
Targ‘ibot guruhi 22.05.2024-yilda Bo'ston tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida bo‘ldilar.
Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamalakatimizda otaliqqa olingan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Mehr daftari" shu kabi 7 xil turdagi daftarlar bo‘yicha batafsil tushuntirish berdilar
Tadbir davomida yoshlar bilan qisqa savol-javoblar tashkil etildi, targ'ibot tadbiri "Zakovat" intellektual o'yini bilan yakunlanib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.