Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Andijonda "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.



Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha e’lon qilingan "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida Baliqchi tumanida sayyor qabul tashkil etildi. 

Mazkur qabulda xotin-qizlarning kundalik hayotida duch keladigan muammolar, uy-joy, ko‘chmas mulk, meros, aliment, familiyani o‘zgartirish, kommunal soha va boshqa masalalarga oid 12 ta  murojaatlar qabul qilinib, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berishdi, 2 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 

Shuningdek, tadbir davomida mas’ullar qonunchilikdagi yangiliklar, ayollar huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar,  "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.